O'ZBEKCHA ЎЗБЕКЧА РУССКИЙ
23-Aprel 2024 18:23:36

    Maxsus imkoniyatlar

Texnikum haqida

2022/2023-o'quv yilida KUNDUZGI ta'lim shakli bo'yicha test sinovlari natijalariga ko'ra tavsiya etilganlar uchun tibbiy ko'rik o'rnatilgan tartibda 2022 yil 25-oktyabrdan boshlab amalga oshirilmoqda.

Ushbu e‘lonning 4-bandidagi hujjatlarni Qabul komissiyasiga (120-xona) yuqoridagi jadval asosida texnikumga kelib, jadval asosida taqdim etilganidan so‘ng, o‘sha yerdan yo‘llanma olgan xolda tashkil etiladi. (Tibbiy ko'rikning salbiy xulosasi yo'nalish o'zgarishiga yoki o’quvchini o'quvchilar safidan chiqarilishga sabab bo'lmaydi).

2) To'lov-shartnoma asosida tavsiya etilganlar, tibbiy ko'rikdan o'tganlaridan so'ng https://kontrakt.edu.uz/ portalidan  to'lov shartnomalarini olishlari mumkin bo'ladi.

3) To'lov-shartnoma pulini to'lashga imkon topolmagan va o'qishni davom ettirishni hohlamagan o'quvchilarning o'rnilariga qabul chizig'idan pastdagi abituriyentlar qabul qilinmaydi.

4) Texnikumga o'qishga tavsiya etilganlar Qabul komissiyasiga (120-xona) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart.

a) Umumiy o'rta maktabni tamomlaganlik to'g'risidagi attestat (11-sinf) yoki o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganlik to'grisidagi diplomning  hamda ilovasining asli (2 ta nusxasi bilan);

b) Shaxsni tasdiqlovchi pasport (propiska joyi ko'rsatilgan 2 ta nusxasi bilan);

c) 086-U shakldagi yashash joyidagi oilaviy poliklinikadan beriladigan tibbiy xulosa;

d) Oilaviy poliklinikadagi 063-shakldagi emalanganlik to'grisidagi kitobdan nusxa;

e) Chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqida guvohnoma (приписной), muqobil xizmat xizmatchisining guvohnomasi yoki harbiy guvohnoma (faqat o’g’il bollar uchun);

f) 3x4 sm o’lchamdagi 10 ta rasm;

g) nikohni qayd etilganligi to'g'risidagi guvohnoma (familiyasini o'zgartirgan o'quvchi-qizlar uchun).

Ma’lumot uchun qabul komissiyasi telefon raqami: 71-299-05-67

2022-yil

INSON QADRINI ULUG'LASH VA FAOL MAHALLA YILI

Kalendar

DuSeChoPaJuShaYak

Ishonch Telefonlari

0 371 299-04-00

0 371 299-04-00

Saytni baholash

Javob berish /Natijalar

Iqtidorli talabalar