O'ZBEKCHA ЎЗБЕКЧА РУССКИЙ
20-Aprel 2024 02:46:03

    Maxsus imkoniyatlar

To'garaklar

To'garaklar faoliyatidan

Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejida faoliyat yurituvchi to‘garaklar to‘g‘risida ma'lumot.

Ta'lim islohotlarining hozirgi bosqichida darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni erkin fikrlovchi, mustaqil shaxs sifatida shakllantirishda kasb-hunarga yo‘llashning pedagogik texnologiyasi mazmunini ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslashga oid izlanishlar alohida dolzarblik kasb etmoqda.  Bu boradagi tadbirlarning muhim ahamiyati respublikamizda amalga oshirilayotgan ma'naviy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning zamonaviy bosqichida o‘quvchi shaxsining shakllanishida erkinlikni ta'minlovchi yangi qirralar ochib berilayotganligi bilan tavsiflanadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirishning ikkinchi bosqichida majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus,  kasb -hunar ta'limiga, shuningdek o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan ta'limga o‘tishni to‘liq amalga oshirish vazifalari belgilab berilgan. Mazkur vazifalarda ta'lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirib, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish ko‘zda tutilgan.
O‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, har jihatdan bilimlarini oshirish, ularning qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli rivojlantirish, olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amalda qo‘llash ko‘nikmalarini hosilqilish, kasbiy mahoratlarini oshirishga keng imkoniyatlar yaratish hamda tanlangan kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha mehnat bozoriga tayyorgarlik salohiyatini kuchaytirish ta'lim muassasalarida to‘garaklar faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilishga bog‘liq. To‘garaklar qiziqishlari bir xil bo‘lgan bir guruh o‘quvchilarning ma'lum bir fan yoki kasb bo‘yicha, o‘qituvchi va kasb ustalari yordamida bilim va mahoratlarini oshirish uchun xizmat qiladi. 
Toshkent shahar hokimining 2016 yil 11 martdagi “Sport to‘garaklari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sport uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan keng foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 221-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilgan. Unga ko‘ra ta'lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularning qobiliyatlarini va intilishlarini maqsadli rivojlantirish, olingan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amalda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida umumta'lim fanlari, kasb-hunar va sport yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyat yuritib kelmoqda.  Barcha ta'lim tizimida bo‘lgani singari bizning Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejida ham o‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, 56 ta to‘garak faoliyat yuritadi, shulardan 35 tasi fan to‘garaklari, 13  tasi kasbiy ko‘nikmalarni yuksaltirish uchun kasbiy to‘garaklari, 6 tasi sport to‘garaklari va 2 tasi o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini shakllantirishga qaratilgan badiiy-havaskorlik to‘garaklaridir. To‘garaklarga jami 799 nafar o‘quvchilar jalb qilingan. Xususan, sport yo‘nalishi bo‘yicha kollej o‘quvchilarining erishgan yutuqlariga to‘xtalsak,  2015 yil 16 dekabrda “Barkamol avlod” sport musobaqasining tuman bosqichida “Basketbol” sport turi bo‘yicha qizlar orasida kollej terma jamoasi faxrli 3-o‘rinni; 2015 yil 15 aprelda shahar bosqichida “Voleybol”  sport turi bo‘yichaqizlar orasida faxrli 3-o‘rinni; 2017 yil 29 noyabrda “Barkamol avlod” sport musobaqasining tuman bosqichida “Basketbol” sport turi bo‘yicha qizlar va o‘g‘il bolalar orasida  terma  jamoa faxrli 1-o‘rinni; 2017 yil dekabr oyida “Voleybol” sport  turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida terma jamoa faxrli 2-o‘rinni; 2017 yil noyabr oyida stol tennisi bo‘yicha tuman bosqichida 3-bosqich o‘quvchilari  1-o‘rinni; 2018 yil 20 yanvarda “Gandbol” sport turi bo‘yicha qizlar orasida terma jamoa faxrli 2-o‘rinni; 2018 yil fevral oyida  “Futbol” sport turi bo‘yicha tuman bosqichida o‘g‘il bolalar orasida terma jamoa faxrli 1-o‘rinni; 2018 yil fevral oyida “Milliy kurash” bo‘yicha terma jamoa faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
“Qizlarjon” to‘garagi a'zosi,  R2-21 guruhi o‘quvchisi Sherzodova Xulkar Sherzod qizi “Zebolar bahsi” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida  faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yuldashev Boburbek L2-38 guruhi o‘quvchisi  2017 yil 27-29 mayda  “Kombat-Aykido” bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada faxrli 1-o‘rinni; R1-5 guruhi o‘quvchisi Samadov  Bekzod Kamol o‘g‘li “Kombat-Aykido” bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Aliqulov Sherzod Malayziyada o‘tkazilgan “Muay-tay” kurashi bo‘yicha jahon chempionatida 2017 yil mart oyida 1-o‘rinni  oldi.
L3-36 guruhi o‘quvchisi Toxirov Farrux 2017 yilda “Yakkakurash” sport turi bo‘yicha shahar bosqichida faxrli 2-o‘rinni;  L3-36 guruhi o‘quvchisi Nabijonov Islom  “Muay-tay” kurashi bo‘yicha shahar bosqichida faxrli 1-o‘rinni;  L3-36 guruhi o‘quvchisi Maxamadshokirov Xurshidbek “Sultonov Xurshid”ning xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan  ”Universal jang” sport  turi bo‘yicha Toshkent viloyati ochiq birinchiligida faxrli  1-o‘rinni  qo‘lga kiritdi.

 

2022-yil

INSON QADRINI ULUG'LASH VA FAOL MAHALLA YILI

Kalendar

DuSeChoPaJuShaYak

Ishonch Telefonlari

0 371 299-04-00

0 371 299-04-00

Saytni baholash

Javob berish /Natijalar

Iqtidorli talabalar